Buffon jarohatidan tuzalib, mashg'ulotlarga qaytdi

24 yanv 2018, 23:30
“Yuve” darvozaboni mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshladi.

Bu haqda klubning rasmiy sayti ma'lum qilgan. Bir qancha muddat avval Jiji Buffon mushaklaridagi jarohat sabab safdan chiqqan edi. Uning yo'qligida jamoa darvozasini Voycex Shesni qo'riqladi. 27 yanvarda “Kevo”ga qarshi o'tadigan o'yinda Buffonning ilk daqiqalardan boshlab maydonda harakatlanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Ювентус” расмий сайти