Buffon hazil tariqasida, faoliyatidagi 2000 uchrashuvni nishonlashga harakat qilishini aytdi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2017, 19:43
Albaniyaga qarshi JCH-2018 saralashidan o'rin olgan bahsda faoliyatidagi 1000 uchrashuvni o'tkazgan Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon hazil tariqasida, 2000-bahsini ham nishonlashga harakat qilishini aytdi.

39 yoshli posbon "Yuventus" safida 612ta, "Parma"da 220ta va milliy jamoada 168 ta o'yin o'tkazdi.

"Siz ajoyibsiz. Hammaga rahmat. 2000 uchrashuvni nishonlashga harakat qilaman" - deydi Buffon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com