

U o'sha yili “Yuventus”ga yo'l olgandi.
“Yuventus” – ma'lum darajaga yetishimga yordam bergan jamoa. Bu qila olishim mumkin bo'lgan eng to'g'ri tanlov edi.
Otam va agentim meni shunga ko'ndirishdi. “Roma” va “Barselona” ham menga qiziqish bildirdi hamda “Barsa”ga o'tishni rejalashtirgandim.
5-6 oy Turinga ko'nikishimga to'g'ri keldi, ammo faoliyatim davomida “Yuventus”dagidek mentalitet va professionallikni hech qayerda ko'rmaganman”, deydi 45 yoshli Buffon.
Eslatib o'tamiz, Italiya TJ sobiq kiperi klub miqyosida “Parma” (1995-2001, 2021 yildan h.k.), “Yuventus” (2001-2018, 2019-2021), PSJ (2018-2019) sharafini himoya qilgan.



