

Madridlik skautlar Adam Uorton va Chema Andresni diqqat bilan kuzatib bormoqda, ammo endi ro'yxatga yana bir umidli nom qo'shildi - Ayub Buaddi.
"Foot Mercato" ma'lumotlariga qaraganda, allaqachon asosiy tarkib a'zosiga aylanib ulgurgan 18 yoshli "Lill" yarim himoyachisi Yevropa elitasining, jumladan, "Manchester Yunayted", "Bavariya" va PSJning e'tiborini tortmoqda. "Lill" Buaddi uchun 60 million evro narx belgiladi va takliflarga ochiq.

"Real" uchun bu raqam to'siq bo'lishi ehtimoldan yiroq. Klub yosh yulduzlarga sarmoya kiritishga tayyorligini allaqachon isbotlagan. Klub kelgusi oylarda potencial transferlarni tahlil qilishda davom etadi.



