

Jamoa 4 aprel kuni kechqurun Dammaga yetib keldi, uzoq yo'l bosib kelingani bois murabbiylar futbolchilarga dam berishdi. 5 aprelda esa Dammamdagi ilk mashg'ulot o'tkazildi. "Nasaf" mashg'ulotni Saudiya Arabistoni birinchi divizioni vakili hisoblangan "Al Nahda" klubi maydonida o'tkazdi. 1-divizion klubining maydon chimi a'lo darajada, misoli gilamdek turibdi. Faqat yorug'lik tizimi a'lo emas.
Ro'iqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar"ning Dammamdagi ilk mashg'ulotida bu erga yetib kelgan 23 nafar o'yinchidan 22 nafari to'liq ishtirok etdi. Faqatgina jarohati bor G'olib G'aybullaev jarayonlarni shunchaki kuzatib bordi. Afsuski, uning guruh bahslarida ishtirok etishi katta so'roq ostida turibdi. Bugungi mashg'ulot avvalida tug'ilgan kunlari oldinroq o'tib ketgan ikki darvozabon Umid Ergashev hamda Abduvohid Ne'matovlarni "kaltakli yo'lak"dan o'tkazishdi. Kiperlar o'z "nasibalari"ni olishdi.
Nasaf OCHL guruh bosqichida ishtirok etish uchun 23 futbolchi bilan keldi
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" OCHL-2022 guruh bosqichi 1-turi doirasida Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv 8 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 22:15da Dammamdagi "Shahzoda Muhammad Bin Fahd" stadioni ("Prince Mohamed Bin Fahd stadium")da start oladi.
"Nasaf"ning Dammamdagi dastlabki mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA
Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov



Kecha "Nasaf"ning o'ng qanot himoyachisi Dilshod Saitovning "bagaji" chiqmagan edi, mana bu aka bugun mashg'ulotga uni olib kelib berdi.





Kecha samolyotdagi "yo'lak"da Husniddin Aliqulovni boplab urgan Ne'matov o'ziga kelganda kaltaklardan egilib qochib qolishga urinmoqda)









G'olib G'aybullaev hozircha mashg'ulotlarda ishtirok eta olmayapti.





Ajoyib kadr)
"Nasaf"ning Dammamdagi dastlabki mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA



