Bu qiziq! "Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvlarida penaltidan beshta gol urildi

Mirjalol Normatov
2 may 2022, 22:35
Bugun U-21 birinchiligidagi uchrashuvlar davom ettirildi.

Unda "Lokomotiv" hamda "Surxon" yoshlari ham kuch sinashdi. Yakuniy hisob 3:1, yosh "temiryo'lchilar" foydasiga.

Ushbu bahsda urilgan 3 gol aynan penaltidan kiritildi. O'tgan ikki bahsda o'yindan yagona urilgan gol esa Anvarjon Alijonov hisobiga yozildi.

"Lokomotiv" U-21 - "Surxon" U-21 3:1
Gollar:
Otabek Turobov (59-pen, 1:0), Sharafiddin Shobirov (61-pen, 1:1), Otabek Turobov (67-pen, 2:1), Anvarjon Alijonov (87, 3:1).

Kecha esa Superliganing 6-turida ushbu jamoalarning asosiy tarkiblari bahs olib bordi va unda "Loko" 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu uchrashuvda ham gollar faqat penaltidan keyin kiritildi.

"Lokomotiv" - "Surxon" 2:0
Gollar:
Diyorjon Turopov (45+2-pen, 1:0), Kaxi Maxaradze (86-pen, 2:0).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia