
Ammo yaqinda bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, baribir “Pro” licenziyasiga kurslar tashkil qilinar ekan. Eshitishimizcha, o'qish 18 noyabrdan boshlanadi. Hozircha “Mashal” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning mazkur kurslarda tahsil olishi aniq bo'lib ulgargan. Chunki bu murabbiyda “A” licenziyasi bor. Lekin boshqalar to'g'risida ma'lumotga ega emasmiz. Qashqadaryolik murabbiylar orasida Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf” bosh murabbiyi) bilan Dilshod Andaev (“Alanga” bosh murabbiyi) ham hozirda “A” licenziyasiga ega. Chinmi-yolg'onmi, “Pro” uchun o'qish bu yil 22 million so'mni tashkil etar ekan.
Xayrulla Xoliqov
Xayrulla Xoliqov