Brunu - muxlislar talqiniga ko'ra MYUning mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi

Alisher
18 sen 2020, 14:18
Yarim himoyachi Brunu Fernandesh muxlislar talqiniga ko'ra "Manchester Yunayted"ning yil futbolchisi deb topildi.

26 yoshli o'yinchi 35,5% ovoz oldi. Ikkinchi o'rinni forvard Antoni Marsyal (34%) va uchinchi o'rinni hujumchi Markus Reshford (10,4%) egalladi.

Brunu - Krishtianu Ronaldudan so'ng ushbu mukofotni uch marta qo'lga kiritgan ikkinchi portugaliyalik futbolchi bo'ldi. Ispaniyalik darvozabon David De Xea esa ushbu mavsum bu mukofotga eng ko'p ega chiqdi - 4 marta.

Eslatib o'tamiz, Brunu Fernandesh "Yunayted"ga shu yilning yanvar oyida "Sporting"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com