Britaniyalik milliarder "Chelsi"ni xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
1 may 2022, 19:05
Jim Retkliff "Chelsi"ni 5,3 milliard dollarga sotib olish taklifi bilan chiqdi.

INEOS neft-kimyo kompaniyasining 69 yoshli rahbari "Chelsi"ga muxlislik qiladi. U Fransiyaning "Nicca" va Shveytsariyaning "Lozanna" klublari hamda velosport va elkanli sport jamoalariga egalik qiladi.

"Chelsi" Britaniya hukumati klubning rossiyalik xo'jayini Roman Abramovichga nisbatan sankciyalar joriy etganidan keyin mart oyida sotuvga qo'yilgan edi.

"Chelsi"ni sotib olish uchun uchta konsorcium da'vogarlik qilmoqda, ularning barchasi amerikalik investorlardir.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times