Britaniya policiyasi Premer-liga klublarini internetdagi irqchilikka qarshi kurashda yordam berishga taklif qildi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2021, 21:45
Angliya policiyasining internetda irqchilikka qarshi kurashish maqsadida hamkorlik qilish taklifiga Premer-liga klublarining aksariyati javob bermadi.

Iyul oyida mamlakatda futbolni nazorat qiluvchi Britaniya policiya bo'limi boshlig'i Mark Roberts bu haqda Angliya futbol chempionatlaridagi 92 klubning barchasiga taklif yuborgan (Premer-liga, chempionship, Liga 1, Liga 2).

Bunga 92 klubdan 49 tasi, jumladan, Premer-ligadagi 20 klubdan 4 tasi rozilik bergan. Bular - "Manchester Siti", "Chelsi", "Norvich" va "Brayton".

"Biz shiorlarni, barcha bu g'oyaga sodiqligini eshitamiz. Ammo biz futbolchilarga, klublarga yordam berish uchun bazi choralarni ko'rmoqchi bo'lsak, bazida bu shunchaki so'zdan ko'ra ko'proq narsani talab qiladi", - deydi Roberts.

Premer-liga vakili ligadagi qolgan barcha klublarni policiya taklifini qabul qilishga chaqirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian