Brendan Rodjers: Yarim finalga chiqqanimiz ajoyib

Narzulla Saydullayev
9 apr 2015, 09:29
Liverpul ustozi Brendan Rodjers Angliya kubogi chorak finalidan o'rin olgan Blekbernga qarshi o'yindan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Bu qiyin qarama-qarshilik bo'ldi. Blekbern – kuchli va yaxshi raqib. Bizga qiyin bo'lishini bilardik. Ammo futbolchilarim yaxshi o'ynashdi.

Koutino qoyilmaqom gol urdi. Uning texnikasi kuchli, ajoyib gol bo'ldi.

Agar kubokda yarim finalga chiqsak APLda bu yordam berishi mumkinligini aytgandim. Bir qator yomon o'yinlardan so'ng bugun yaxshi o'ynadik, – deydi Rodjers.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru