Breaking! "Yuventus" "Liverpul" futbolchisining transferini 27 mayda e'lon qiladi

Tolibjon Qosimov
12 may 2018, 14:57
"Liverpul" yarim himoyachisi Emre Jan yaqin kunlarda "Yuventus" o'yinchisiga aylanadi.

24 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi finali o'tganidan so'ng, 27 may kuni turinliklar bilan erkin agent sifatida bitimga imzo chekadi.

Oldinroq, Jan "Yuventus" bilan 5 yillik shartnomaga kelishib olgani xabar qilingan edi. Unga ko'ra, xavbekning maoshi yiliga 6 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: corrieredellosport.it