Breaking! O'zbekiston U-20 terma jamoasi a'zosida taqiqlangan modda aniqlandi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2023, 12:59
Yaqinda O'zbekistonda o'tgan U-20 Osiyo kubogi doirasidagi O'zbekiston - Avstraliya uchrashuvidan keyin o'zbekistonlik futbolchidan taqiqlangan modda topildi.

Bu haqda Championat.asia sayti, OFK Tartib intizom va Etika qo'mitasiga tayanib ma'lum qildi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Shahriyor Jabborov Avstraliyaga qarshi o'yindan keyin topshirgan doping testidan taqiqlangan modda topilgan. Shu sababli OFK Dopingga qarshi reglamenti doirasida Jabborovning futbolchilik licenziyasi vaqtinchalik to'xtatildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia