Braziliyalik vunderkindning sotilish narxi 25 mln evro - "Flamengo"

Sherzod Nurmatov
31 yanv 2023
Braziliyaning "Flamengo" klubi Mateus Franka uchun eng kamida 25 mln evrolik takliflarni ko'rib chiqadi.

Janubiy Amerikaning eng iqtidorli yosh o'yinchilaridan biri deya etirof etilayotgan Franka yanvar oyida boshqa klubga qo'yib yuborilishi uchun 25 mln evrodan kam bo'lmagan taklif qabul qilinadi. Vinger uchun "Nyukasl" asosiy davogar hisoblanib, yaqindagina "hakkalar" tomonidan yuborilgan 20 mln evrolik taklif rad javobini olgan edi. Bugun kun oxirida transferlar oynasi yopilishini inobatga olgan holda APL vakili yaxshilangan taklif bilan yana o'yinchini qo'lga kiritishga urinib ko'rishi kutilmoqda.

"Flamengo" dekabr oyida Franka uchun "Bayer" Leverkuzendan 14 mln evrolik taklif olgandi.

Hozirgi jamoasida bir yil avval faoliyatidagi debyut o'yinini o'tkazgan 18 yoshli Franka joriy mavsum ortda qolgan 29 o'yindan keyin hisobiga 7 ta gol yozdirib qo'ydi. Braziliyalik futbolchi allaqachon mamlakat kubogi va Libertadores bosh sovrinini qo'lga kiritishga ulgurgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo Esporte