

Endi istalgan klub bir mavsum davomida faqat bir marta bosh murabbiyini iste'foga chiqarishi mumkin. Har bir murabbiy mavsumda faqat bir marta o'z istagi bilan iste'foga chiqishi mumkin.
Agar murabbiy mavsum davomida ikki klubni boshqarib, ishsiz qolsa, o'sha mavsum oxirigacha boshqa hech bir klubda ishlay olmaydi.
Agar murabbiy iste'foga chiqsa, klub o'ziga yangi murabbiy topishiga ruxsat beriladi. Ammo klub mavsum davomida ikki murabbiyni ishidan ozod qilsa, faqatgina klubda kamida 6 oydan buyon faoliyat olib borgan boshqa bir xodimini bosh murabbiy sifatida tanishtirishi mumkin.
Ushbu taklif 11 ta "ha" va 9 ta "qarshi" ovoz to'plab, maqullandi.



