"Brayton" himoyachisi Uayt uchun bosh da'vogar klub nomi ma'lum

Alisher
12 iyun 2021, 13:18
"Arsenal" "Brayton" himoyachisi Ben Uaytni xarid qilishga yaqin.

"Kanonirlar" klubga 40dan 50 million funtgacha tushishi mumkin bo'lgan 23 yoshli angliyalik futbolchini nishonga olishdi.

"Arsenal" ayni damda bunday narxdagi transferni amalga oshira olmaydi, agar klub bir nechta futbolchilarini sotsa, uni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Uayt 2020/21 yilgi mavsum "Brayton" safida 39ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic