Braimi: "Imkon qadar uzoqroqqa borishga harakat qilamiz"

Aziz Tukhtamuradov
11 mar 2015, 20:53
"Portu" futbolchisi Yasin Braimi "Bazel"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ushbu turnirda jarima zarbasidan kiritgan gollarimning barchasi muhim. Asosiysi keyingi bosqichga chiqdik.

Jekson Martinesning o'rni bilindi. U jamoa uchun judayam muhim bo'lgan futbolchi. Ammo, Abubakar ham o'zining ishini qoyilmaqom tarzda bajardi.

Maksimum ravishda harakat qilib, imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz. Keyingi o'yinlar bundan ham qiyin bo'lishi aniq", - deydi futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru