Botir Nosirov mashg'ulotlarga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2016, 13:30
“Mashal” posboni kuni-kecha jamoa ixtiyoriga yetib bordi.

Jarohat tufayli o'tgan yili ikkinchi davrada ko'plab uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan Nosirov joriy yil ham “Mashal”da qolishga qaror qilgan. Bu haqda uning o'zi ma'lum qildi. – Jarohatdan keyin endi-endi yugura boshladim. Hozircha yakka tartibda yugurish bilan cheklanyapman. Yaqin orada umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilaman. Nasib qilsa bu yyil ham “Mashal”da o'ynayman. Jamoa bilan yaqinda shartnoma muddatini uzaytirishga erishdik – deydi Botir Nosirov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia