"Borussiya" MYU bilan Sancho borasida muzokaralarga kirishishga tayyor

Alisher
11 iyul 2020, 15:58
"Borussiya" (Dortmund) yarim himoyachisi Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.

Dortmund klubi moliyaviy ahvolni o'nglab olish uchun "qizil iblislar" bilan kelishuvga erishmoqchi.

Oldinroq, "Borussiya" Sancho uchun muzokaralarni 31 iyulga qadar olib borishini ma'lum qilgan edi. Dortmundliklar o'z yetakchilarini 110 million evroga baholashmoqda.

Vinger joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 16ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Express.de.