“Borussiya M”ning ikki yetakchisi “bo'rilar”ga qarshi maydonga tusha olmaydi

16 iyun 2020, 08:37
Plea va Tyuram jarohat oldi.

Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi hujumchilari Alassan Plea va Markus Tyuram jarohat oldi. Bu haqida Canal+ xabar bermoqda.

Takidlanishicha, ikkala hujumchi ham jarohati sabab “Volfsburg”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Ularning jarohati haqida boshqa ma'lumot ochiqlanmagan.

Joriy mavsum 27 yoshli Plea “Borussiya” safida 10 ta gol urib, 11 ta golli uzatma berdi. 22 yoshli Tyuram esa 14 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Canal+