"Borussiya" klubga Simeoneni olib kelmoqchi

Alisher
1 avg 2022, 13:47
Dortmundning "Borussiya" klubi "Verona" forvardi Jovanni Simeonega qiziqish bildirmoqda.

Nemis klubi jiddiy kasallikka yo'liqqan Sebastyan Allerning o'rnini Diego Simeonening o'g'li bilan to'ldirishni rejalashtirmoqda.

Simeone o'tgan mavsum "Verona"ning A Seriyadagi to'purariga aylandi.

U Italiya chempionatida 17ta gol urdi. Transfermarkt 26 yoshli argentinalikni 17 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca