"Borussiya" himoyachisi Fransiya nashri ustidan kuldi

Mirjalol Normatov
25 avg 2019, 11:11
Dortmundning "Borussiya"si himoyachisi Rafael Gerreyru o'zining PSJga o'tishi mumkinligi borasidagi xabarlarni tarqatgan "Paris United" nashri ustidan kuldi.

"Men matbuot bilan doimiy aloqadaman va bu savollaringizga ochiq javob beraman. Iltimos, yolg'on ma'lumotlarga e'tibor bermang.

Ha, balki ma'lumot 10 foizga ishonchlidir.  Men Parijga bordim va Disneylendda aylandim. Agarda bu sizning obro'ingizni ko'tarsa, bemalol", - deb yozadi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express