"Borussiya D" Azarni bir necha haftaga yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2020, 22:11
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Torgan Azar jarohat tufayli bir necha haftaga safdan chiqdi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Futbolchi Bundesliganing 1-turida Myonxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi o'yinda (3:0) jarohat oldi. Belgiyalikni uchrashuvning 19-daqiqasida almashtirishlariga to'g'ri keldi.

Azar o'tgan mavsumda 36 uchrashuvda 7 ta gol urdi va sheriklarini 14 ta golli uzatma bilan taminladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bvb.de