"Borussiya" Adeyemi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Alisher
9 may 2022, 13:27
"Zalcburg" forvardi Karim Adeyemi faoliyatini Germaniyada davom ettiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 20 yoshli nemis uchun Dortmundning "Borussiya" klubi da'vogarlik qilmoqda.

Nemis klubi o'yinchi bilan shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishdi va yaqin vaqtlarda forvard bilan shartnoma imzolanadi. "Zalcburg" Adeyemi uchun 38 mln evro oladi.

Adeyemi joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 8ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 35 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano