Bonuchchi: "Raqibimiz buyuk klub bo'lishidan qo'rqmaymiz"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2015, 11:47
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi (3:0) haqida o'z fikrini bildirdi.

"Qanday qilib ustunlikni ushlab qolish bilgandik va bunga qarshi hujumlar bilan javob berdik. Buffon bugun bor-yo'g'i bitta seyvni amalga oshirdi. Bu himoyamiz yaxshi harakat qilganidan dalolat beradi. Biz hech kimdan qo'rqmaymiz va qur'ada buyuk klubga qarshi tushib qolsak bu biz uchun yaxshi bo'ladi, chunki "Yuventus" ham buyuk klublar sirasiga kiradi" - deydi Bonuchchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com