Bonuchchi "Milan"da qaysi raqamda o'ynashi ma'lum

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2017, 19:38
Himoyachi Leonardo Bonuchchi "Milan" tarkibida ham "Yuve"dagi kabi 19-raqamda to'p tepadi.
Bu haqda "rossonerlar"ning rasmiy tvitter sahifasi xabar berdi. Eslatib o'tamiz, Leonardo "Yuventus"dan "Milan"ga o'tdi. Kutilishicha, Bonuchchi milanliklar tarkibida sardorlik bog'ichiga ham ega bo'ladi.

Bonuchchi "rossonerlar" bilan besh yillik shartnoma imzoladi. "Keksa sinora" esa bu transfyerdan 40 million evro ishlab oldi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan