Bonek: "Balotellida ortiqcha 15 kg vazn bor"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2018
Polsha futbol ittifoqi prezidenti Zbignev Bonek milliy jamoaning Italiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida (1:1) ishtirok etgan hujumchi Mario Balotelli o'yinini tanqid qildi.

"Ortiqcha 15 kg vazni bor futbolchini maydonga tushurmagan bo'lardim. O'yindan so'ng Sakki bilan suhbatlashdim va u ham Mario uchrashuvga tayyor emasligini aytdi. Balotelli uchun afsusdaman, chunki "Yuventus" - "Inter" bahsidagi uning o'yini hamon yodimda. Balotelli jamoa uchun ishladi desam, aldagan bo'laman" - deydi Boneka.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Rai Sport