Bolalar va o'smirlar futbol maktablari murabbiylari halol o'yin deklaraciyasiga imzo chekdi

Narzulla Saydullayev
1 may 2015, 16:36
30 aprel, payshanba kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi majlislar zalida bolalar va o'smirlar futbol maktablari murabbiylari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Ushbu yig'in O'FF bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi boshlig'i Shovkat Imomov  hamda Toshkent Shahar Futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Mamur Yusupov tomonidan o'tkazildi.

Majlis bolalar va o'smirlar futbolidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlariga bag'ishlandi. Majlis davomida mamlakatimizdagi barcha bolalar va o'smirlar futbol maktablari murabbiylari futbol musobaqalarida halol o'yin priciplari asosida ishtirok etish va bolalarning yoshini kichraytirmaslik haqidagi deklaraciyaga imzo chekishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com