Bolalar uchun zamonaviy futbol maskani (foto)

Narzulla Saydullayev
21 sen 2013, 11:35
Yangi qurib bitkazilgan hashamatli “Bunyodkor” stadionining foydalanishga topshirilganiga unchalik ko'p bo'lgani yo'q.
“Bunyodkor” stadioni joylashgan hududda “Bunyodkor” futbol klubiga qarashli bolalar-o'smirlar futbol maktabi ham joylashgan.

Ijodiy guruhimiz bilan u erga borganimizda dargohda yosh futbolchilar uchun ajoyib sharoitlar yaratilganiga guvoh bo'ldik. Bolalar uchun katta sport zal, zamonaviy trenajyor zali, shinam o'quv xonalari, basseyn, ko'rkam oshxona, ingliz tili va kompyuter uchun alohida xonalar shular jumlasidandir.

Quyida zamonaviy futbol maskanidan fotosuratlarni e'tiboringizga havola etamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia