Bolalar doim e'tiborda. Davom etamiz

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2018, 17:45
Toshkent viloyati futbol Assotsiatsiyasi yana bir xayrli ishga qo'l urdi.

Bolalar doim e'tiborda shiori ostida kichik festival tashkil qilinadi. 9 iyul kuni Toshkent viloyati hududida joylashgan "Marjon" oromgohida "Sport kuni" o'tkaziladi. Oromgohda hordiq chiqarayotgan qoraqalpog'istonlik hamda xorazmlik kam taminlangan oilalarning farzandlari shu kuni sportning turli turlaridan, xususan futboldan ham zavq olishlari mumkin bo'ladi. Assotsiatsiyamiz xuddi shu kuni bolalar uchun futbol festivali - bayram tashkil qilib berishni rejalashtirgan. Barcha g'olib hisoblanadigan festival oromgohda hordiq chiqarayotgan bolalar uchun butun umr yodda qoladigan bayram sifatida o'tishiga ishonamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia