Boku Yevropa chempionati bahslarini qabul qilishga tayyor

17 apr 2020, 23:58
Ozarboyjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi Yevropa futbol uyushmalari ittifoqiga (UEFA) 2021 yilda o'tkaziladigan Yevropa chempionati o'yinlarini qabul qilishga tayyorligini tasdiqlovchi xabar yubordi.

Bu haqida tashkilotning rasmiy sayti ma'lum qilgan. Mamlakat poytaxti Boku shahrida turnirning 4ta o'yini o'tkazilishi kerak: A guruhidan o'rin olgan 3ta bahs va chorak final uchrashuvlaridan biri.

Xabaringiz bor, 2020 yilning yozida o'tkazilishi kerak bo'lgan Yevropa chempionati koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilning 11 iyunidan 11 iyuliga qadar bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda. Turnir qitaning 12 shahrida (Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest, Dublin, Kopengagen, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Amstyerdam) o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com