
Nashrning ma'lumotlariga ko'ra kamerunlik futbolchi 2013/14 yilgi mavsum uchun allaqachon maoshini olib bo'lgan. Eto'O yozdagi yoki qishki transfer oynasi davomida jamoadan ketmoqchi bo'lsa, mavsum uchun olgan maoshini qaytarishiga to'g'ri keladi.
Eslatib o'tamiz, "Anji" rivojlanish strategiyasini o'zgartirganidan so'ng jamoani bir necha futbolchilar tark etishdi. Denisov, Kokorin va Jirkov "Dinamo"ga o'tishgan bo'lsa, Busuffa va Diarra "Lokomotiv" a'zosiga aylanishdi. Shatov esa "Zenit"ga yo'l oldi.
Eto’Oga "Inter", "Chelsi" va "Tottenxem"dan qiziqish mavjud.