Blatter Braziliyaning JCH-2014ga tayyorgarligini tanqid qildi

Tolibjon Qosimov
6 yanv 2014, 16:02
FIFA prezidenti Zepp Blatter Braziliyaning jahon chempionatiga tayyorgariligi borasida tanqidimy fikrlar bildirib o'tdi.
Braziliyaliklar bir qancha obektlarni o'z vaqtida tayyorlab ulgurishmadi. Shular qatorida San-Pauludagi stadioni ham bor. Bu stadion qurilishida noyabr oyida ikki ishchi halok bo'lgan.

"Braziliya turnirga tayyorgarlikni juda kech boshlaganini endi tushundi. Bu mamlakat men FIFAga boshliq bo'lganimdan buyon turnirni o'tkazgan boshqa barcha davlatlardan-da kech boshladi tayyorgarlikni. Ularda tyyorgarlik uchun etarlicha vaqt bor edi", dedi Blatter. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru