

Mazkur muvaffaqiyatga qaramay, “aristokratlar” muxlislari klub bosh murabbiyi Mauricio Sarriga qarata “Biz Sarrining ketishini xohlaymiz” deya mutaxassisga o'z noroziliklarini bildirishgan. O'yinning 53-daqiqasida Pedro o'rniga Eden Azar maydonga tushganidan so'ng esa londonlik tomoshabinlar "Chelsi" ustozi tomonga haqoratli so'zlarni yo'llashgan.



