Yana jamoalar “Sharq” va “G'arb” mintaqasiga ajratildi. Har bir mintaqada 12tadan jamoa bo'ldi. Birinchi bosqichda turnir jadvalining oxirgi to'rtta o'rinni egallagan jamoalar ishtirokini to'xtatgandi. “Sharq” mintaqasida ikkinchi bosqichda ham ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan “Yangier” moliyaviy muammolarga duch kelgani bois, uning o'rnini yakunda Toshkentning “Istiqlol” jamoasi to'ldirdi. Shuningdek, Namangan viloyati, Uychi tumani vakili “Xotira-79”, Toshkentning “Bunyodkor-2” va “Lokomotiv-BFK” jamoalari ham kurashni to'xtatgandi. “G'arb”dan esa bu borada “Buxoro-2”, “G'allakor”, “Surxon” hamda Zomin” jamoalari ikkinchi bosqichda ishtirok etish huquqini qo'lga kirita olmadi.
BADAL 3 MILLION SO'M
Endilikda ushbu jamoalar ishtirokida birinchi ligada keyingi yil ishtirok etish uchun pulka o'yinlari o'tkaziladi. Bu yil ushbu qolish turniriga Namangan viloyati mezbonlik qiladi. Darvoqe, Namanganda o'tishi rejalashtirilgan pulka o'yinlari 6 oktyabrdan to 16 oktyabrga qadar davom etadi. Unda turnir reglamentiga ko'ra, 8ta jamoa ishtirok etadi. Unda ishtirok etuvchi jamoalar barcha harajatlarni o'zi amalga oshirish bilan bir qatorda, PFL hisob raqamiga 3 million so'm pul o'tkazib berilishi ma'lum qilingan. Xo'sh, jamoalar pulkaga qanchalik tayyor? Surishtiruvlarimiz natijasida shunga amin bo'ldikki, “G'arb” mintaqasidagi “G'allakor” va “Surxon” allaqaqon mashg'ulotlarga kirishib, tayyorgarlikni boshlab yuborgan. “Zomin” rahbarlari esa kelayotgan dushanba kuni futbolchilarni yig'ishni rejalashtirib turibdi. “Buxoro-2” vakili bog'langanimizda esa, pulkani qayerda o'tishini bilmasligini aytib, ochig'i bizni xayron qoldirdi. Lekin jamoa murabbiylari 1995-1996 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan mashg'ulot olib bormoqda va ular pulkada ishtirok etishga umid qilmoqda.
“Sharq” mintaqasida esa “Yangier” hamon homiylar e'tiboriga muxtoj bo'lib turibdi. Jamoa futbolchilari ikkinchi bosqichni boshqa klublarda o'tkazish uchun “Yangier” bilan xayrlashgan. Bundan tashqari bosh murabbiy Xayrulla Abdiev ham “Chust-Paxtakor”ga o'tib ketgan. Shu bois katta extimol bilan “Yangier” Namangandagi ligada qolish turnirida ishtirok eta olmaydi.
Musobaqaga mezbonlik qiluvchi viloyatning vakili bo'lmish, “Xotira-79” bosh murabbiyi bilan bu borada suhbatlashganimizda, Shavkat Ahmedov, “pulkada albatta ishtirok etamiz” degan javobni berdi.
Toshkent jamoasi “Lokomotiv-BFK”da moddiy tomondan muammo yo'qligini inobatga olib aytadigan bo'lsak, bu klubning ham pulkada ishtirok etishini bemalol tahmin qilish mumkin.
Sergey Lushan boshqaruvdagi “Bunyodkor-2”ning kelgusi maqsadi qanday ekanligini ochig'i bilmadik.