Odatimizga ko'ra, mazkur turda qayd etilgan natijalarni e'tiborga moliq jihatlariga to'xtalib o'tgan xolda, ayrim statistik ma'lumotlar bilan sizlarni tanishtirishni lozim topdik.
“MASH'AL”NING ILK MAG'LUBIYATI
Oq-tepa - Mashal 2:1.
Turning sensacion natijasi mazkur turda so'zsiz, Toshkentda qayd etildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi ushbu jamoalar to'qnashuvi oldidan deyarli barcha “Mashal”ning g'alaba qozonishini tahmin qilgandi. Ammo Oq-tepa ham chempionatda shunchaki ishtirok etmayotganini amalda isbotlay oldi. Ochig'i, o'yinda birinchi bo'lib hisobni mehmonlar ochganidan so'ng, deyarli barcha muxlis “gazchilar”ning bahsda uch ochko qo'lga kiritishini ishonch bilan ayta boshlashgandi. Bunga “Mashal” murabbiylar shtabi va klub va klub vakillari ham ishonib yuborishgan bo'lsa ajab emas. Ammo toshkentliklar shu kuni dastlab o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan bo'lishlariga qaramay, irodali o'yin namoyish etib keyinchalik Zokir Mirzaahmedovning ikki goli evaziga g'alabani o'z tomonlariga og'dira olishdi.
Istiqlol - Zarafshon-NCZ 3:1.
Birinchi bosqichdagi muvaffiqiyatsiz o'yinlardan so'ng, o'zi uchun kerakli xulosalarni chiqarib olgan “Istiqlol” endilikda raqiblariga jiddiy tashvish tug'dirmoqda. Balki bu jamoaga yetakchi o'yinchilar qo'shilgani bilan bog'liqdir. Nima bo'lganda ham, jamoa ikkinchi bosqichning ikki turida ham yuz foizli natija ko'rsata oldi. Bundan oldin Toshkentning yana bir jamoasini yirik (0:4) hisobda mag'lubiyatga uchrata olgan “Zarafshon-NCZ” 2-turda uyiga quruq qo'l bilan qaytishga majbur bo'ldi.
NBU-Osiyo - Registon 1:4.
Ochig'i, “bankirlar”ning ikkinchi bosqichda qayd etayotgan natijasiga sira tushunib bo'lmayapti. Jamoa bundan oldingi o'yinda ham o'z darvozasidan 4ta gol o'tkazib yuborib, mag'lubiyatga uchragandi. Bu safar ham o'z maydonida kechgan bahsda yana shuncha miqdorda to'p olib chiqdi. Ortda qolgan oxirgi ikkita o'yindagi qayd etilgan natijadan “NBU-Osiyo” bosh murabbiyi Muxtor Qurbonovning o'zi ham sho'kka tushib qolganini, shogirdlarida tezkor goldan keyin ruhiy “sinish” bo'lganini aytib o'tdi. Samarqandliklar esa garchi moliyaviy muammolari bo'lishiga qaramay, safardan uch ochkot olib qaytgani tahsinga loyiqdir.
Paxtakor-2 - Spartak 1:4.
“Paxtakor-2”da ham huddi “NBU-Osiyo”dagi kabi xolatni ko'rish mumkin. Ikkinchi bosqichda o'z oldiga asosan 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan ishtirok etishni maqsad qilib qo'ygan “Paxtakor-2” bu turda ham o'z darvozasidan to'rtta to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Nisbatan tajribali “Spartak” esa raqib safida yoshlar o'ynaganidan unumli foydalanib qoldi.
Andijon - Xorazm 3:0.
Avvalgi turda yirik hisobda g'alaba qozongan “Andijon” bu gal ham raqib darvozasiga javobsiz uchta gol kiritishga erishdi. Oliy ligaga chiqish uchun kurashyotgan jamoa oldida “Xorazm” ip esha olmadi. Ammo urgarchliklar vodiydagi ikki safar o'yinidan so'ng, o'z hisobiga uch ochko yozdirib qo'yisha oldi.
Qo'qon-1912 - Orol 4:0.
“Qo'qon-1912” o'tgan turda “Xorazm”dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'zi uchun kerakli xulosalarni chiqarib, qanday bo'lmasin “Orol”ni mag'lub etgan xolda o'z muxlislarini quvontirishi kerak edi. Vodiyga bir qator muammolar bilan tashrif buyurgan nukusliklar esa ikki o'yinda mag'lubiyatga uchrash bilan bir qatorda, o'z darvozasidan 11ta to'p o'tkazib yuborishdi!
Kosonsoy - Sherdor 4:1.
“Kosonsoy” ikkinchi davraning ikki o'yinida g'alaba qozondi. “Sherdor” esa aksincha, vodiydagi ikki o'yinida ham mag'lubiyatga uchradi. Ushbu jamoada ham bir qator muammolar borga o'xshaydi nazarimizda. Yo'qsa, jamoaga 14ta emas, balki kamida 18 nafar o'yinchisi bilan kelgan bo'lar edi. Zaxira o'rindig'ining uzun emasligi ham samarqandliklarga vodiydagi o'yinlarda o'z ta’sirini o'tkazmasdan qolmadi.
Chust-Paxtakor - Alanga 2:0.
“Chust-Paxtakor” o'z uyida ochko yo'qotadiganlardan emas. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, doimo muxlislarini quvontirib kelgan. Ikkinchi bosqichning dastlabki ikki o'yinida ham shunday bo'ldi. Xayrulla Abdiev jamoasiga bu safar Kosonning “Alanga” jamoasi raqiblik qildi. Oldingi turda “Kosonsoy”ga imkoniyatni (1:0) boy bergan Dilshod Andaev jamoasi bu safar ochkodan quruq qoldi.
Mazkur turda umuman olganda, rejadagidek 8ta o'yin bo'lib o'tdi. Unda 6ta mezbon jamoa g'alaba qozongan bo'lsa, yana qolgan 2ta o'yinda mehmonlar zafar quchdi. E'tiborlisi bu turda durang qayd etilmadi.
31TA GOL. 6TA DUBL. 2TA PENALTI.
2-turda bo'lib o'tgan 8ta o'yinda muxlislar jami 31ta golga guvoh bo'lishdi. Mazkur turdagi tezkor gol muallifi “Registon” a'zosi Maruf Saidqulov bo'ldi. Bu futbolchi “NBU-Osiyo” qarshi kechgan bahsning 1-daqiqasidayoq gol urishga erishdi.
Turning eng so'nggi goli esa “Qo'qon-1912” – “Orol” bahsida ro'y berdi. Mezbonlar hujumchisi Aziz To'xtaboev 88-daqiqada jamoasining uchrashuvdagi to'rtinchi golini kiritdi.
Umumiy 31ta goldan 20tasi mezbonlar hisobiga yozildi. Qolgan 11ta golni esa mehmonlar kiritishgan.
Bo'lib o'tgan o'yinlarning birinchi bo'limida 13ta gol kuzatildi. Ikkinchi tayda esa muxlislar yana 18ta golga guvoh bo'lishdi.
Ushbu turda dublga erishgan futbolchilar soni naqd 6tani tashkil etdi. E'tiborli tomoni shundaki, ushbu turda ikkitadan gol kiritgan o'yinchilarning jamoalari g'alaba qozongan! Umidjon Ahmadjonov, “Chust-Paxtakor”. Muqumjon Toshmatov, “Kosonsoy”. G'ulomhaydar G'ulomov, “Istiqlol”. Otabek Haydarov, “Qo'qon-1912”. Islombek Isoqjonov, “Spartak”. Zokir Mirzaahmedov, “Oq-tepa”.
Ushbu turda hakamlar ikki o'yinda penalti belgilashga qaror qildi. E'tiborlisi ularning ikkisi ham aniq amalga oshirildi. “Kosonsoy” himoyachisi Sardor Asqarov “Sherdor” bilan o'yinda 11 metrlik nuqtadan adashmagan bo'lsa, “Oq-tepa” yetakchisi Zokir Mirzaahmedov ham bu borada xatoga yo'l qo'ymadi.
35TA SARIQ, 2TA QIZIL KARTOCHKA
Yakuniga etgan 8ta o'yinda hakamlar futbolchilarning qo'pol harakatlari uchun jami 35ta sariq kartochka ko'rsatishga majbur bo'ldi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 4,375tadan sariq demakdir. Mezbon futbolchilarning hatti-harakatlari 16 bor sariq kartochkaga loyiq ko'rilgan bo'lsa, mehmonlar jamoalarning o'yinchilariga 19ta ogohlantirish kartochkasi ko'rsatildi.
Turning eng namunali jamoasi bu – “Istiqlol” bo'ldi. Toshkent jamoasi “Zarafshon-NCZ” bilan o'yinda birorta ham sariq kartochka olmagan.
“Sherdor” esa aksincha, turning eng qo'pol jamoas bo'ldi. Ushbu klub futbolchilarining 5tasiga sariq va 1tasiga qizil kartochka ko'rsatildi!
Ushbu turda qizil qartochka olib maydonni tark etgan futbolchilar soni 2tani tashkil etdi. Bular “Sherdor” hujumchisi Sanatillo Ziyoev va “Mashal” futbolchisi Xolmurod Xolmurodovdir. Ziyoevga ikkinchi sariqdan so'ng, qizil ko'rsatilgan bo'lsa, Xolmurodovga to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka berilgan.
TOMOSHABINLAR MEHRI
Birinchi liganing asosiy muammolaridan biri bu muxlislar tashrifidir. Poytaxtdagi o'yinlarga tomoshabinlar 1000dan ko'p kirmay qo'ydi. Vodiyda ham bu borada pasayish kuzatilmoqda. Birinchi liga o'yinlariga nari borsa bitta o'yinga eng ko'p muxlis 4000tani tashkil etmoqda! Bu eng yuqori ko'rsatkich bo'lmoqda boshqalarga nisbatan. Xullas 2-turning jami 8ta o'yiniga 10189ta tomoshabin kirgan! Bu har bir bahsga o'rtacha 1273,625tadan to'g'ri kelmoqda.
Ishqibozlarda katta qiziqish uyg'otmagan o'yin bu – “Istiqlol” – “Zarafshon-NCZ”dir. Bu uchrashuvga atiga 116tagina tomoshabin kirgani, o'yin qaydnomasida ko'rsatib o'tilgan.
Eng ko'p muxlis esa yana Qo'qonda kuzatildi. Garchi “Qo'qon-1912” o'tgan turda o'z maydonila “Xorazm”ga yutqazib qo'ygan bo'lsada, tomoshabinlar soni “Orol” bilan o'yinda 4223tani tashkil etdi! Bu esa turning eng yaxshi ko'rsatkichi bo'ldi!
Muxlislar tashrifi kimda qanday?
“Istiqlol” – “Zarafshon-NCZ”. Toshkent. 116 tomoshabin.
“Andijon” – “Xorazm”. Andijon. 775 tomoshabin.
“NBU-Osiyo” – “Registon”. Toshkent. 123 tomoshabin.
“Paxtakor-2” – “Spartak”. Toshkent. 230 tomoshabin.
“Oq-tepa” – “Mashal”. Toshkent. 756 tomoshabin.
“Qo'qon-1912” – “Orol”. Qo'qon. 4223 tomoshabin.
“Kosonsoy” – “Sherdor”. Kosonsoy. 1762 tomoshabin.
“Chust-Paxtakor” – “Alanga”. Chust. 2204 tomoshabin.
KEYINGI TURDA UCHRASHADILAR
3-tur. 21 avgust (chorshanba)
Mashal – Istiqol
Spartak – NBU-Osiyo
Orol – Paxtakor-2
Xorazm – Oqtepa
Alanga - Andijon
Sherdor – Qo'qon-1912
22 avgust (payshanba)
23. Registon – Kosonsoy
24. Zarafshon-NCZ – Chust-Paxtakor
Islombek Rustambekov tayyorladi.