Birinchi liga. Eng ko'p gol o'tkazib yuborgan “Istiqlol” haqida

Narzulla Saydullayev
10 avg 2014, 13:50
Birinchi ligada bu yil ikkinchi mavsumni o'tkazayotgan Toshkentning “Istiqlol” klubi ikkinchi bosqichga chiqish masalasini ijobiy hal qila oldi.
Yodingizda bo'lsa bu jamoa o'tgan mavsum moliyaviy muammolarga duch kelgan “Yangier”ni o'rniga ikkinchi bosqichda ishtirok etgandi.

Boshqalarni bilmadimu, lekin men “Istiqlol”ni oliy liga vakili “Metallurg”ga qiyoslayman. Jamoa o'z maydonida yetakchi klublarni mag'lubiyatga uchratib, keyinchalik o'rtamiyona jamoalarga qarshi bahslarda imkoniyatni boy beradi.



Barqarorlik yo'q. Aniqsa bu yil shunday xolat ko'p kuzatilmoqda. Kamol Jo'nashev boshqaruvidagi jamoa birinchi bosqich davomida o'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'ldi, 52! Shu bilan birga toshkentliklar raqib darvozasi tomon yo'l topa olish bilan ham maqtana oladi. Boisi “Istiqlol” gol urish borasida “Qo'qon-1912”dan keyingi o'rinni egalladi.

Toshkent jamoasi tarkibida birinchi bosqichda yoshi katta futbolchi Shohid Tillaboev bo'ldi, 31 yosh!
Aksincha eng yosh o'yinchi esa Azamat Roziqov, 17 yosh.


 
Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Isroil Tursunov

13

(2)

Jamoliddin Normirzaev

9

Obid Xakimov

4

Shoxruz Norxonov

4

Baxodir Daminov

3

Ilxom Aliboev

3

Xasan Ergashev

3

Azmat Rozikov

2

Nodir Odilov

2

Boburmirzo Muxtorov

1

Jasur Mirzaboev

1

Ravshan Abduvoxidov

1

Rasul Raxmonberdiev

1

Temur Sadirov

1

Shoxid Tillaboev

1

(1)

Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

22

Gollar

49

Uyda

26 (53,06%)

Safarda

23 (46,94%)

O'tkazib yuborilgan gollar

52

Uyda

26 (50%)

Safarda

26 (50%)

O'rtacha urilgan gollar

2,23

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

2,36

Uydagi ochkolar

15/33 (45,45 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

14/33 (42,42 %)

Eng yirik g'alaba

5:1 – “Paxtakor-2”

Eng yirik mag'lubiyat

1:4 – “Obod”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

0 (0%)

Gol ura olmagan o'yinlar

2 (9,09%)

Irodali g'alaba

3

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

2

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

2

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

56 (2,55)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

3 (0,14) - ½

Muxlislar (jami/o'rtacha)

17854/812



Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia