XXII milliy chempionatimizda shu kungacha jami 91ta o'yin o'tkazildi. Darvozalarga 247ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,71tadan to'p to'g'ri keladi).
Bunyodkor, Lokomotiv, Nasaf, Metallurg va Buxoro jamoalari o'z maydonlarida mag'lubiyatga uchrashmagan. Safarda g'alaba qozona olmagan jamoa yo'q.
Bunyodkor o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 1ta. Guliston esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 11ta.
Bunyodkor safar uchrashuvlarida ham o'z darvozasidan eng kam – 3ta to'p o'tkazib yuborgan. So'g'diyona safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 22ta to'p o'tkazib yuborgan.
Nasaf o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 23ta. Dinamo o'z uyda eng kam 4ta gol urgan.
Lokomotiv safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 13ta. Uchta klub, Paxtakor, Guliston va Sho'rtan esa safar uchrashuvida eng kam to'p kiritishgan – 3tadan.
Lokomotiv o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 21ta. Sho'rtan, Navbahor va Qizilqum klublari esa o'z maydonida eng kam ochko olishgan – 7tadan.
Qaldirg'ochlar safar uchrashuvlarida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 15ta. Qizilqum va So'g'diyona esa safar uchrashuvlarida umuman ochko to'play olishmagan.
Birinchi davrada kiritilgan 247ta goldan 159tasi (64,37%) mezbonlar, 88tasi (35,63%) mehmonlar hisobiga yozildi.
Bo'lib o'tgan 91 uchrashuvning 58tasida (63,74%) maydon egalari, 20tasida (21,98%) mehmonlar zafar quchishgan. 13ta o'yinda (14,29%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.
13ta tur davomida futbolchilar jami 319 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,51tadan kartochka to'g'ri keladi). 12ta futbolchi esa maydondan chetlatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,13tadan chetlatish to'g'ri keladi).
Uchrashuv hakamlari 25 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 22 holatda (88 foiz) to'p darvozaga kiritildi. 3 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan. Penaltini golga aylantira olmaganlar ro'yxati: Suxrob Berdiev “So'g'diyona”, Farhod Tojiev “Lokomotiv” va Andrey Vlasichev “Qizilqum”.
Birinchi davrada ikki nafar darvozabon penaltilarni qaytarishga erishishgan. “Guliston” posboni Ilhom Jumanov Farhod Tojievning zarbasini ushlab olgan bo'lsa, “Dinamo” darvozaboni Andrey Melnichuk Andrey Vlasichevning zarbasini bartaraf etishga erishdi. Aleksandr Melenchuk (“So'g'diyona”) darvozasiga 3 marta penalti belgilandi, ularning barchasi golga aylandi.
XXII milliy chempionatda hozirgacha 6ta avtogol qayd etildi. Qahramon Mahammadjonov (Navbahor), Darko Stanoevich (Olmaliq), Farruh Turdialiev (Neftchi), Jasurbek Otajonov (Guliston), Asil Begimqulov (So'g'diyona) va Boyan Miladinovich (Paxtakor)lar o'z darvozalariga gol urishgan.
Mavsumda bugungacha 29ta dubl qayd etildi. 25 futbolchi bir uchrashuvda ikki (dubl) marta gol kiritishgan. Farhod Tojiev (Lokomotiv) bunday natijani 4 bor qayd etdi! Oleksandr Pishur (Bunyodkor) bunday natijaga ikki bor erishdi.
Dastlabki davrada bir uchrashuvda bir futbolchi uchta gol urish holati to'rt bor qayd etildi. Farhod Tojiev (Lokomotiv) bunday natijaga ikki bor erishdi! Bundan tashqari Artur Gevorkyan (Nasaf) va Oleksandr Pishur (Bunyodkor) bittadan xet-trik qayd etishdi.
Bellashuvlarini jami 426895 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (o'rtacha har bir o'yinga 4691tadan to'g'ri keladi).
Eng ko'p tomoshabin Guliston – Olmaliq uchrashuviga tashrif buyurdi – 14121ta. Eng kam tomoshabin esa Buxoro – Qizilqum uchrashuviga tashrif buyurgan – 156ta.
Muxlislar to'plash borasida Guliston jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 90922. Neftchi esa 87631 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Samarqandning Dinamo jamoasi 69488 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Qizilqum esa kam muxlisga ega – 34808.
Guliston jamoasi o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan – 57465ta. Bunyodkor bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 15244.
Safar o'yinlarida Lokomotiv jamoasining (43814) muxlisi ko'p. Safarda Qizilqumning muxlislari eng oz – 15294.
XX milliy chempionatda 91 uchrashuvdan 18 tasida yirik hisob qayd etildi. Chempionatning eng yirik hisobi Nasaf – Qizilqum (hisob – 7-1, 12-tur).
Bo'lib o'tgan 91 uchrashuv 15 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 21 marta, 2:1 – 14 marta, 3:1 – 11 marta, 2:0 – 10 marta, 3:0 – 8 marta, 1:1 – 7 marta, 0:0 – 5 marta, 4:1, 4:3, 4:0 – 3 martadan, 5:1 – 2 marta, 2:2, 5:0, 3:2 va 7:1 – 1 martadan uchradi.
Narzulla Saydullaev tayyorladi