Birinchi davra yakunlari. Eng yosh va eng qari futbolchilar haqida

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013, 10:32
Oliy ligada dastlabki davra ortda qolgan. Biz statistik ma'lumotlarni berishda davom etamiz.
Bu yilgi mavsumda maydonga tushgan eng yosh futbolchi "Nasaf" vakili Odiljon Hamrobekov bo'ldi. Himoyachi 17 yosh 31 kunligida oliy ligada debyut qildi. Gol urgan eng yosh futbolchi esa yaqinda Turkiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati qatnashchisi, "Olmaliq" yarim himoyachisi Diyor Turopov bo'ldi. U 18 yosh 299 kunligida gol urgandi.

"Dinamo"ning ikki futbolchisi, Firdavs Abdusalimov va Komil Sharofutdinov kartochkalar olgan eng yosh futbolchi bo'lishdi.

Akmal Xolmatov 37 yosh 56 kunligida gol urib hozircha mavsum rekordchisi bo'lib turibdi.

Ko'rsatkichYoshiFutbolchi
Eng yosh gol urgan futbolchi18,299Turopov Diyor
Eng yosh qari urgan futbolchi37,56Xolmatov Akmal
Maydonga tushgan eng yosh futbolchi17,31Hamrobekov Odiljon
Maydonga tushgan eng qari futbolchi38,328Toirov Abdumadjid
Sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi18,37Abdusalimov Firdavs
Sariq kartochka olgan eng qari futbolchi38,319Toirov Abdumadjid
Qizil kartochka olgan eng yosh futbolchi19,342Sharofutdinov Komil
Qizil kartochka olgan eng qari futbolchi31,274Muhiddinov Asqar
 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia