Birinchi davra yakunlari. Eng ko'p muxlis "Buxoro"da

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016, 17:30
Kuni kecha oliy ligada dastlabki davra bahslari o'z yakuniga etdi.

Bo'lib o'tgan 119ta o'yinni ko'rish uchun stadionlarga jami 655718 nafar tomoshabin keldi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 5510 tomoshabin keldi deganidir.

Birinchi davrada eng ko'p tomoshabin kelgan o'yin "Buxoro" - "nasaf" uchrashuvi bo'ldi. Bu bahsni stadiondan 24104 nafar muxlis kuzatdi. Antirekord esa "Lokomotiv" - "Neftchi" uchrashuvida kuzatildi - 523 tomoshabin.

Eng ko'p tomoshabin "Buxoro" ishtirokidagi o'yinlarga keldi - 201785. Keyiingi o'rinlarda "Qizilqum" (109687) va "Navbahor" (106495) jamoalari qayd etildi.

Eng kam tomoshabin esa oliy liga debyutanti "Obod" klubi ishtirokidagi o'yinlarga keldi - 41723.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia