Birinchi, birinchi, birinchi, ikkinchi…

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2021, 21:55
Ayni daqiqalarda Evro-2020 ilk turidan o'rin olgan Avstriya – SH.Makedoniya o'rtasidagi bahs davom etmoqda.

28-daqiqada Goran Pandev raqib darvozasini ishg'ol etib, SH.Makedoniya termasi safida qita birinchiligi final bosqichida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq, Pandevning goli terma jamoasini tarixda ilk bor Yevropa chempionatiga olib chiqqandi. U terma to'purari ham hisoblanadi.

Shuningdek, Goran Pandev Evro tarixida to'p kiritgan yoshi eng katta ikkinchi futbolchiga aylandi – 37 yosh 321 kunlik. Bu borada musobaqa rekordini Evro-2008'da avstriyalik Ivica Vastich (38 yosh 257 kunlik) qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru