Bilich kelajakda terma jamoada ishlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 dek 2017, 14:09
"Vest Xem" sobiq bosh murabbiyi Slaven Bilich kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi.

"Menga Angliya va boshqa mamlakatlardan qo'ng'iroq qilishmoqda. Dam olib, variantlarni ko'rib chiqyapman. 12 yil ishladim. Hozir menga tatil kerak va bundan rohatlanyapman.

Men telefonimni bir yilga o'chirib qo'yadigan katta mutaxassis emasman. Biroz zerikdim.

Menga Angliya yoqadi. Bu yerda o'ynadim, murabbiylik qildim. Til bilan muammo yo'q. Ammo xorij klubidan yaxshi taklif tushsa, uni ko'rib chiqaman.

6 yil Xorvatiyaning kattalar va 2 yil yoshlar terma jamoasida ishladim. Bu menga yoqqan. Terma jamoani shug'ullantirish men uchun sharaf. Ko'proq, klubda har kuni ishlash yoqsada, hech qachon hech qachon demayman" - deydi Bilich.

Oldinroq, O'zbekiston futbol federatsiyasi mamlakatimiz terma jamoasida Slaven Bilich ishlashi mumkinligini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports