Bilasizmi? "Liverpul" 2012 yildan beri o'z maydonida "Arsenal"ga yutqazmaydi

Aziz Tukhtamuradov
21 noya 2021, 09:05
"Liverpul" APLning 12-turida o'z maydonida "Arsenal"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Mersisaydliklar 2012 yilning sentyabr oyidan buyon o'z maydonlarda "Arsenal"ga yutqazishmaydi. O'shanda londonliklar safarda 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan ekan. 

Shundan so'ng "Liverpul" o'z maydonida "Arsenal" bilan 7 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi. 

Ushbu g'alabalarning ketma-ket beshtasi Yurgen Klopp qo'l ostida qo'lga kiritilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports