Beylning jarohati tasdiqlandi

Mirjalol Normatov
5 dek 2019, 20:58
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl mashg'ulotlarda jarohatlangani ma'lum bo'ldi.

AS xabariga ko'ra, uelslik futbolchi oyog'ining son sohasi mushaklaridan jarohatlangan. Jarohati sababli u "Espanol" va YCHL doirasida "Bryugge"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Biroq u "Barselona" bilan o'yingacha safda bo'lishi kutilmoqda.

Ayni damda Marselo va Eden Azar kabi futbolchilar ham "Real"ning lazaretida bo'lib turibdi.

"Barselona" - "Real" uchrashuvi 18 dekabr kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS