Beylning agenti: "Garet "Real"da o'ynayotganidan baxtli"

Alisher
30 okt 2019, 14:25
"Real" vingeri Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi Madrid klubida o'ynayotganligidan xursandligini aytdi.

"Garet Beyl "Real"da o'ynayotganidan baxtli", - deydi Barnett.

Oldinroq, uelslik futbolchi agenti bilan uchrashish uchun Londonga borgani xabar qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, Garet Beyl "Real"ga 2013 yilda "Tottenxem"dan o'tgan. Bunga qadar esa "Sautgempton"da to'p tepgan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Vinger 2006 yildan buyon Uels terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Deportes Cuatro