Beyl "Real"dan ketmoqchi emas

Mirjalol Normatov
23 may 2019, 23:13
"Real" vingeri Garet Beyl jamoadan ketmoqchi emas.

AS xabariga ko'ra, futbolchi "qirollik klubi"da qolmoqchi va Zinedin Zidanga asosiy tarkib futbolchisi ekanligini isbotlamoqchi.

Bu mavsumda 29 yoshli futbolchi "Real" tarkibida 42 o'yinda qatnashib, 14 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar amal qiladi. Uelslikning transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS