Beyl “Real”da yana ikki mavsum qolsa qancha ishlab oladi?

Eldor Akmurzayev
21 iyul 2020, 20:00
Garet Beylning madridliklar bilan kelishuvi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan.

U shartnomasining oxirigacha klubda qolishni rejalashtirgan.

Shunday bo'lgan taqdirda, “Real” uelslik vingerga qolgan 2 mavsum uchun jami 60 mln evro to'laydi. Klub uni sotishni o'ylamoqda, ammo futbolchi bunga qarshi va ijarada o'ynashni ham xohlamayapti.

Avvalroq, “Real” muxlislari Garetni yakunlangan mavsumning eng yomon futbolchisi deya tan olishgandi. 31 yoshli futbolchi mavsum davomida 20 o'yinda qatnashib, 3+2 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express