Beyl jarohat oldi

Mirjalol Normatov
30 sen 2018, 09:56
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl LaLiganing 7-turi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi bahsda jarohat oldi.

"Marca" ma'lumotlariga qaraganda, 29 yoshli uelslik futbolchi o'ng oyog'ining mushaklaridan jarohatlangan. Hozircha uning qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum emas.

Beyl bu mavsumda "Real" tarkibida 8 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca