"Betis" 6 mln evro evaziga aqshlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2023, 01:36
AQSH terma jamoasi yarim himoyachisi Jonni de Souza "Betis"ga o'tadi.

Ispan klubi "Internasonal" futbolchisining xaridi haqida e'lon qildi. Shartnoma 2029 yilga qadar mo'ljallangan.

Marca ma'lumotiga ko'ra, "Betis" o'yinchining 80% iqtisodiy huquqi uchun 6 mln evro to'laydi.

Jonni 2023 yil Braziliya oliy ligasida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realbetisbalompie.es