"Bavariya" himoyachisi Xuan Bernat jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola nomiga iliq so'zlar aytdi.
"Gvardiola menga katta ishonch bildiryapti, kamina esa uni oqlash niyatida. "Bavariya"ga meni aynan u taklif qilgan. Gvardiola aqlli va tuyg'ularga boy" - deydi Bernat.